TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar

  • Asosiy
  • TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 22 fevraldagi 65-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda "Elektron hukumat” o‘quv markazining yangi tashkil etilgan o‘quv kurslarini viloyatlarda ham o‘tkazilishini muvofiqlashtirish maqsadida, 19-20 aprel kunlari hududiy filiallar bilan video-konferentsiya orqali o‘quv seminari tashkil qilindi. Videokonferentsiyada "ERP sohasidagi korporativ axborot tizimini ishlab chiqish”, "Biznes jaryonlari reinjiniringi-BPR”, "Axborot xavfsizligi”, "Elektron xukumat - imkoniyat va istikbollari”, "Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali - elektron xukumat bir segment sifatida”, "Yagona nukta orkali ochik davlat ma’lumotlaridan foydalanish”, "AKT soxasida loyihalarni boshkarish” mavzularida "Kompyuter tizimlari" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Videokonferentsiyada universitetning Urganch filialidan 12 nafar, Qarshi filialidan 25 nafar, Farg‘ona filialidan 15 nafar, Samarqand filialidan 6 nafar, Nukus filialidan 26 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Konferentsiya davomida "Elektron hukumat” o‘quv markazining yangi tashkil etilgan o‘quv kurslarini viloyatlarda o‘tkazish yuzasidan fikr almashinib, filial proffessor-o‘qituvchilari hamda tashkilotchilariga foydali maslahatlar berildi. Ma’ruzalar K.Shukurov, M.Raximov, "Elektron xukumat" tizimini rivojlantirish markazi departament boshlig‘i M.Rasulov, professor M.Yakubov,dotsent A.G‘aniev, TATU huzuridagi Dasturiy maxsulotlar va apparat dasuriy majmualar yaratish markazi iqtisodiyot va umumiy masalalar buyicha direktor o‘rinbosari D.Yuldashev lar tomonidan o‘tkazildi.

 

TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar

 

TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar

 

TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar

 

TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida yangi o‘quv kurslar