![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Joriy yilning 5-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Yulduz Tech Awards” tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Televizion va media texnologiyalar kafedrasi professori Saida Safibullayevna Beknazarova “Yilning eng faol AT ayoli” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Education Association, IT Park Uzbekistan hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Professor Saida Safibullayevna Beknazarovani ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.



