Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va OAV sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.
Farmonga koʻra, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori Abdurahmonov Qahhor Fattohovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandilar.