TATU professor-öqituvçilari Serbiyada akademik mobillik dasturida iştirok etmoqda

  • Asosiy
  • TATU professor-öqituvçilari Serbiyada akademik mobillik dasturida iştirok etmoqda

 

TATU professor-öqituvçilari Serbiyada akademik mobillik dasturida iştirok etmoqda

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti professor-öqituvçilari X.E. Xujamatov va D.T. Hasanov Erasmus+ KA171 xalqaro grant loyihasi doirasida Serbiyaning Belgrad şahrida akademik mobillikni amalga oşirmoqdalar.

🔺 Taşrif davomida Academy of Applied Studies Polytechnic vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, xalqaro ta’lim standartlari, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar va ilğor tajribalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

🤝 Şuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantiriş, qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar çop etiş hamda professor-öqituvçilar va talabalar akademik almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilinmoqda.

🌍Mazkur akademik mobillik TATUning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş va yangi xalqaro loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.