TATU professor-o‘qituvchilarining xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki

  • Asosiy
  • TATU professor-o‘qituvchilarining xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki

Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida o‘tkazilgan “Telekommunikatsiya va xavfsizlik” xalqaro konferensiyasida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli konferensiyada 30 dan ortiq mamlakatlarning yetakchi universitet va kompaniyalaridan olimlar, shuningdek, soha bo‘yicha taniqli ekspertlar qatnashib, kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

✍️ Shuningdek mazkur tadbirda kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilinib, ilmiy va innovatsion loyihalar ustida birgalikda ishlash rejalariga doir fikrlar almashildi.