Hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan North China University of Technology (NCUT) universitetida “Artificial Intelligence” va “Traffic Control” yo‘nalishlari bo‘yicha universitetimizning uch nafar professor-o‘qituvchilari ikki oylik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqdalar.
⏺ PhD, dots. Xidirova Charos Murodilloyevna;
⏺ PhD, dots. Qodirov Azamat Almat o‘g‘li;
⏺ PhD, dots. Otaxonova Bahrixon Ibragimovna.
🗣Ular NCUT universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tegishli laboratoriyalarda ilmiy faoliyat olib borishmoqda.
💬 Malaka oshirish dasturiga Xitoy tili darslari, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish, shuningdek, Xitoyning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar ham kiritilgan.
✅Ushbu tajriba universitetimiz professor-o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘rganish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.



