TATU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDA

  • Asosiy
  • TATU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDA



Germaniyaning Laubush shahrida IEEE hamkorligida 15th International Symposium on Computer Science and Educational Technology (ISCSET) xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda TATU Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, raqamli kompetentlik va pedagogika yo‘nalishidagi zamonaviy tadqiqotlar yuzasidan fikr va tajriba almashmoqda.

🤝Simpozium doirasida xorijlik olimlar bilan ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, yangi loyihalar bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.



Shuningdek, ISCSET xalqaro simpoziumini 2028-yilda TATUda o‘tkazish taklifi ilgari surildi.