TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro mukofot sohibi bo‘lishdi!

  • Asosiy
  • TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro mukofot sohibi bo‘lishdi!

TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro mukofot sohibi bo‘lishdi!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU AKT sohasida kasb ta’limi  fakulteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Marat Raxmatullayev, Sergey Arakelov va Sherbek Normatovlar tomonidan taqdim etilgan Educational laboratory “Digital Library” (simulator) based on the competency-based approach and the Case-study method to improve the training of qualified information and library specialists nomli loyihasi  UNESCO-ICHEI tomonidan e’lon qilingan Higher Education Digitalization Pioneer Case Award tanlovida xalqaro ekspertlar tomonidan g‘olib deb topildi. Mazkur tanlovga 45 mamlakatdan 100 dan ortiq loyihalar kelib tushgan va ulardan 16 ta loyihaning mualliflari g'oliblikni qo'lga kiritgan.  

📈 G‘olib bo‘lgan jamoalarga mukofotni topshirish marosimi 7-9 dekabr kunlari Xitoy xalq respublikasining Shenjen shahrida o‘tkazilgan “Transforming Higher Education in the Age of AI” INTERNATIONAL INSTITUTE OFONLINE EDUCATION  (IIOE) Global  Partners Summit doirasida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek mazkur Sammitda Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professori Marat Raxmatullayev "Information Retrieval of Scientific Information and the Relevance of its Intellectualization for Higher Education" ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

📌Eslatib o‘tamiz, TATUda UNESCO-ICHEI bilan hamkorlikda SMART CLASS loyihasi amalga oshirilmoqda.