28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan, hozirgi kunda joylarda rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelayotgan 48 nafar magistratura tinglovchilari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tinglovchilar “Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari” mavzularida master-klass masg‘ulotlarida qatnashdilar.
Tadbir so‘ngida tinglovchilarga Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyati tanishtirildi.