Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan North China University of Technology (NCUT) universitetida O‘zbekistondan qisqa muddatli malaka oshirish uchun tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda NCUT rahbariyati ishtirokida simpozium tashkil etildi.
🔺Tadbirda NCUT prezidenti o‘rinbosari Chen Qun, Xalqaro maktab dekani va Xalqaro bo‘lim direktori Xu Mei, shuningdek, dekan o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
🗣Simpozium NCUT rahbariyati va O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati shaklida o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ilmiy loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
🎁Simpozium yakunida NCUT vitse-prezidenti janob Chen Qunga minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg‘alar topshirildi.
✅Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashuvini kengaytirishga xizmat qiladi.


