Joriy yilning 7 avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU press-klubining ilk sessiyasi ko'rildi.
Ilk sessiya, "Universitetga kelib tushayotgan dolzarb savollar va TATU faoliyatiga doir erishilgan yutuqlar" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda ekspert sifatida universitet rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Ilk sessiya yig'ilishini moderator sifatida TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich olib bordilar. Sissiya davomida ishtirokchilar hamda ekspertlar bilan suhbat qurilib, kelib tushayotgan savollar yuzasidan muhokamalar o'tkazildi.
Aytib o’tishimiz joizki savollarning aksariyati qabul jarayoni jumladan magistraturaga qabul, kredit modul tizimi hamda masofaviy ta’lim bo’yicha berildi.