TATU xodimlari Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida (Czech university of Life Sciences Prague) uch oylik ilmiy stajirovka o‘tashmoqda.

  • Asosiy
  • TATU xodimlari Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida (Czech university of Life Sciences Prague) uch oylik ilmiy stajirovka o‘tashmoqda.

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti dekani T.Kuchkorov hamda tayanch doktorant T.Ochilov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan yosh olimlarni xorijiy yetakchi tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tanlovida g‘olib bo‘lib, hozirda xalqaro QS reytingida TOP-700 o‘rindagi Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida (Czech university of Life Sciences Prague) uch oylik ilmiy stajirovka o‘tashmoqda.

✅ Ilmiy stajirovka tadqiqot yo‘nalishi sifatida raqamli qishloq xo‘jaligi uchun sun’iy intellekt ilovalari, sun’iy yo‘ldosh va UAV tasvirlariga ishlov berish, geoaxborot texnologiyalari, masofadan zondlash kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, universitetning “Engineering” fakulteti yetakchi professori Jitka Kumhalova bilan hamkorlikda tadqiqot olib borishmoqda.

🤝 Stajirvoka davomida “Axborot texnologiyalari”, “IoT” va “Qishloq xo‘jaligida smart texnologiyalar” laboratoriyalariga tashrif buyurildi hamda “Engineering” fakulteti mas’ullari bilan ham uchrashuv tashkil qilinib, kelgusida universitet bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish yuzasidan muzokaralar olib boriladi.