TATU “Oracle Academy”si hamda  xalqaro “Oracle Academy”si bilan hamkorlikda onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi  

  • Asosiy
  • TATU “Oracle Academy”si hamda  xalqaro “Oracle Academy”si bilan hamkorlikda onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi  

TATU “Oracle Academy”si hamda  xalqaro “Oracle Academy”si bilan hamkorlikda onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi

 Joriy yilning 26-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU dotsenti T.Xo‘jaqulov tomonidan TATU “Oracle Academy”si hamda xalqaro “Oracle Academy”si bilan hamkorlikda   xalqaro onlayn konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya Zoom platformasida tashkil etilib, unda  “Oracle Academy”ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova, xalqaro “Oracle Academy”si bilan hamkorlik qiladigan universitetlar hamda TATU professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiya rus tilida olib borildi.

Konferensiyada IT yoʻnalishlari boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng soʻnggi texnologiyalar, “Cloud” texnologiyasidan foydalanish va “Oracle Academy”si yangiliklari,  LMS tizimi onlayn darslar,  ulardan foydalanish, roʻyxatdan oʻtish va boshqa qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birgalikda “Новые образовательные технологии” xalqaro IT – yo‘nalishlarni rivojlantirsh kompaniyasi ham ishtirok etdi.

TATU  “Oracle Academy”si faoliyatini yuqori darajada olib borayotgan TATU dotsent T.Xo‘jaqulovga  “Новые образовательные технологии” kompaniyani xalqaro sertifikatini berildi.

Talabala va professor o‘qituvchilarda  yanada qulaylik yaratish maqsadida  TATU dotsenti Toshtemir Xo‘jaqulov tomonidan Oracle Academy  TUIT(https://t.me/OracleAcademy) telegram kanalini ishga tushirilgan.  Barcha ma’lumotlarni ushbu kanaldan olishingiz mumkin.