TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomladi

  • Asosiy
  • TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomladi


Joriy yilning 21-yanvaridan 4-fevraliga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida, “Huazhong fan va texnologiya universiteti”da “Xitoy – Markaziy Osiyo muhandislari uchun murakkab hisoblash texnologiyalari va amaliyoti dasturi” doirasida xalqaro malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dastur Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi mudiri, professor Sadikov Rustam Taxirovich;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti Djumayozov Umidjon Zafarjonovich
ishtirok etib, kursni muvaffaqiyatli yakunladilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ushbu xalqaro dastur zamonaviy hisoblash texnologiyalari bo‘yicha bilim va amaliy tajribani oshirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.