TATU o’qituvchilari “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” nomiga sazovor bo’ldilar!

  • Asosiy
  • TATU o’qituvchilari “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” nomiga sazovor bo’ldilar!

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 oktyabrdagi 427-sonli buyrug’i asosida o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” ko’rik-tanlovida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3 nafar o’qituvchilari ishtirok etib “g’olib” deb topildilar. Ular:

  • Nazirova Elmira SHodmonovna - “Multimediya texnologiyalari” kafedrasi mudiri;
  • Toshpo’latov Muxiddin Amonkulovich – “Algoritmlash va metamatik modellashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi;
  • Boboyorov Bobomurod Normatovich – “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi.

G’oliblar 27 oktyabr kuni o’tkazilgan TATU Ilmiy Kengashida rahbariyat va kengash a’zolari tomonidan tabriklandi. Biz ham tanlovda g’olib bo’lgan o’qituvchilarimizni tabriklab, ularning ilm berishdek zahmatli ishlarida faqat muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!