TATU Nurafshon filialida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.

  • Asosiy
  • TATU Nurafshon filialida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.

TATU Nurafshon filialida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.

💻 Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida joylashgan TATU Nurafshon filialida 2023-yili 27-noyabrda Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.

📎 Bugungi kunda ta’lim tizimini isloh qilishda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-Parklar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazi Filialda ilg‘or startap g‘oyalar va innovatsion ishlanmalarni monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish vazifalarini bajaradi.

🖥 Shuningdek, yoshlarning startap jamoalarini shakllantirish, loyiha faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarni qo‘llab quvvatlash, talabalar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.