TATU Nukus filiali talabasi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

  • Asosiy
  • TATU Nukus filiali talabasi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi Nurniyazov Arman Arzubay o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasida ta’lim olayotgan yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan dalolat beradi. Yuksak mukofot sohibini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tabriklaydi

Shu jumladan TATU va uning filiallari nomidan biz ham chin dildan tabriklaymiz