TATU nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy koferensiyada ishtirok etdi

  • Asosiy
  • TATU nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy koferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 20-21 may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Big data and Advanced Analytics” nomli nufuzli VI xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi. 

Konferensiya  Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan. 

Katta ma‘lumotlar oqimi bilan ishlash uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish konferensiyaning asosiy mavzusi bo‘ldi. Anjumanda biznes, tibbiyot va ta‘lim sohasida axborot texnologiyalarni keng joriy qilish,  ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda katta hajmli ma‘lumotlardan foydalanish, bulutli texnologiyalar asosida tahlil jarayonlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 

Konferensiyada ishtirokchilar faqat ma‘ruzalar bilan cheklanib qolmay, onlayn davra suhbatlarini ham tashkil etdilar. Mutaxassislar BIG DATA texnologiyalarini rivojlantirish xavflari, sanoat 4.0 davrida virtual amaliyotni joriy qilish istiqbollari, elektron, yuqori texnologiyali neyromarketing, elektron tijoratdagi bashoratli tahlil va marketingdagi blokchain texnologiyalarini rivojlanish muammolarini ham muhokama qildilar. 

Konferensiyada taniqli IBM, Active Cloud, DH Technologies, Oracle, IEEE, Microsoft, EPAM Systems, BEZNext kabi kompaniyalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, konferensiyada Sorbonna universiteti (Fransiya), Luiziana shtat universiteti (AQSh), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (O‘zbekiston), Pamukkale universiteti (Turkiya), Limerik universiteti (Irlandiya), Moskva davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) mutaxassislari o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Xalqaro konferensiyada Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Italiya, Kanada, Xitoy, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 39 mamlakatdan uch yuzdan ortiq vakillari ishtirok etdi. 

TATU matbuot xizmati