
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifiga binoan, 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul e’lon qilindi.
🎓TATU kunduzgi magistraturasida 45 ta qo‘shimcha o‘rin ajratilgan bo‘lib, ular e’longa biriktirilgan jadvalda keltirilgan mutaxassisliklar va ta’lim tillariga taalluqlidir.
⚠️MUHIM!
Ushbu qo‘shimcha qabulda my.edu.uz platformasi orqali magistraturaga ariza topshirgan va tanlovda ishtirok etib, biroq kvota doirasida o‘qishga tavsiya etilmagan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin!
🗓Qabul 2025-yil 30-oktabrga qadar davom etadi.
📍Manzil: TATU, B bino, 1-qavat, Student Office
📞Telefon: 71-238-55-55