TATU — Koreya bilan hamkorlik yangi bosqichda!

  • Asosiy
  • TATU — Koreya bilan hamkorlik yangi bosqichda!

Koreyaning Seul shahrida Koreya Ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan Koreya–O‘zbekiston Universitet Rektorlari 2-Forumi doirasida TATU va Sun Moon University o‘rtasida muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi!

Shartnoma doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik kengaytiriladi:
• akademik mobillik dasturini joriy etish;
• professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
• o‘zaro tashriflar tashkil etish;
• qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish;
• malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini rivojlantirish;
• yozgi va qishki maktablar tashkil etish.

🗒Ma’lumot uchun:
Forumda ikki davlat ta’lim vazirliklari rahbarlari, oliy ta’lim assotsiatsiyalari vakillari hamda 25 dan ortiq yetakchi universitetlar rektorlari ishtirok etdi. Ular oliy ta’limni rivojlantirish, sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qo‘shma dasturlar yaratish va ilmiy tadqiqotlar borasida fikr almashdilar.

🤝 Ushbu forum O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqib, sun’iy intellekt va innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida keng imkoniyatlar yaratmoqda.