👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri, PhD. Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) tomonidan tashkil etilgan "AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish" grant dasturida ishtirok etmoqda.
✅ Ushbu dasturda O‘zbekiston, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa yetakchi davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.
🗒Ma’lumot o‘rnida: Mazkur dastur - axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, Linux tizim administratorligi, IoT, korxonalar IT-arxitekturasi, loyihalarni boshqarish hamda tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Yaponiyaning Okinava xalqaro markazida JICA va Fujitsu Co.Ltd tomonidan olib borilmoqda.