⚡️ TATU Kiberxavfsizlik Klubi ish boshladi!

  • Asosiy
  • ⚡️ TATU Kiberxavfsizlik Klubi ish boshladi!

🔐 Kiberxavfsizlik Klubi — bu sohaga chindan qiziqqan, ilmga chanqoq talabalarimiz birlashishi uchun tashkil qilingan jamoa hisoblanadi.

🎯 Klub maqsadi: Kiberxavfsizlik yo‘nalishiga qiziqishi bor talabalarni bir joyga yig‘ish va birgalikda bilimlarini rivojlantirib, ularni keyingi bosqichga olib chiqish!

❔ Kimlar qo‘shilishi mumkin?

Klubga barcha qiziquvchilar qo‘shilishi mumkin. Biroq 20-30 nafar talabalar alohida saralab olinadi. Ular bilan alohida shug‘ullaniladi va klub faoliyati ular bilan birgalikda davom ettiriladi.

💡 Saralashdan keyin nimalar bo‘ladi?

- Intensiv kurslar shaklida treninglar tashkil etiladi
- Haftada bir kun professional master-klasslar va networking
- O‘quv platformalarida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- Amaliy mashg‘ulotlar, ishga kerakli ko‘nikmalar
- CTF musobaqalariga tayyorgarlik

📍 Amaliy mashg‘ulotlar va darslar Kiberxavfsizlik Fakulteti tomonidan ajratilgan labaratoriya xonasida o‘tkaziladi

🏆 Klub rahbari — axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan, ko‘plab musobaqalar g‘olibi Umurzoqov Quvonchbek

🎯 Master-klasslar: Umurzoqov Quvonchbek, Gilmanov Nurgali, hamda boshqa tajribali mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tadi

📝 Saralash mezonlari

- Boshlang‘ich darajadagi texnik bilimga ega bo‘lish (dasturlash, linux asoslar)
- O‘rganishga ishtiyoqi bor va mustaqil o‘rganish qobiliyatiga ega
- Chet tillari - ingliz yoki rus tillarini bilish

📝Ariza (UZB): https://forms.gle/QMmfwAR5xmxxrXou8

🎁 Faol talabalar Universitet tomonidan Tryhackme, Hackthebox uchun vaucherlar va boshqa sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

✈️ @tuit_cybersecurity_club