TATU Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini rasman boshladi!

  • Asosiy
  • TATU Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini rasman boshladi!

Joriy yilning 18-oktabr kuni Kiberxavfsizlik klubining ilk saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun birinchi mahorat darsi o‘tkazildi.

🤔Tadbirda:
— Kiberxavfsizlik fakulteti dekani va Kiberxavfsizlik markazi DUK vakillari,
— Kafedra mudirlari va o‘qituvchilar,
— Klub rahbariyati va faol a’zolar ishtirok etdilar.

🗣Uchrashuv davomida klubning maqsadlari, rejalari, sharoitlari va imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.

☕️Coffee breakdan so‘ng klub rahbari Umurzoqov Quvonchbek tomonidan birinchi master-class tashkil etildi.

💬 Endi klub a’zolari uchun quyidagi imkoniyatlar yo‘lga qo‘yiladi:
⏺ Muntazam darslar;
⏺ Amaliy topshiriqlar;
⏺ Mentorlik mashg‘ulotlari;
⏺ CTF va boshqa musobaqalarga tayyorgarlik;
⏺Har hafta mutaxassislar tomonidan master-class darslari.

🔎 Klubning asosiy vazifalari:
⏺TATU nomidan kiberxavfsizlik musobaqalarida qatnashadigan jamoalarni shakllantirish;
⏺ Amaliy kiberxavfsizlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
⏺ Talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash.

✅Bu boshlanishi — oldinda yanada keng ko‘lamli faoliyat va yutuqlar kutilmoqda!