O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-153-son, 30.04.2025 y.) ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi.
🗣 Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, IT sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham mazkur tashabbusda faol ishtirok etib, yoshlarning kibermadaniyatini yuksaltirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda raqamli savodxonlikni oshirish yo‘nalishlarida o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.



