TATU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi



TATU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 1 (765)-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid qator masalalar muhokama qilindi.

📌Kun tartibidan:
✍️O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar;
✍️2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati;
✍️yangi o‘quv yili uchun o‘quv va ishchi o‘quv rejalarini tasdiqlash;
✍️to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash;
✍️Akademik litsey o‘quvchilarini “Rektor stipendiyasi”ga tavsiya etish;
✍️grant taqsimoti natijalari va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🎖Yig‘ilish avvalida universitet jamoasining yutuqlari ham e’tirof etildi.

Xususan, bir qator professor-o‘qituvchilar va xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanish uchun tavsiya etildi.

🎓Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy yutuqlari e’tirof etildi. Jumladan, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga tegishli diplom va attestatlar tantanali ravishda topshirildi.



👏Yig‘ilish davomida universitet jamoasining ilmiy, ta’limiy va boshqa yo‘nalishlardagi yutuqlari alohida qayd etilib, faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarga ezgu tilaklar bildirildi.

🇺🇿Kengash yig‘ilishi yakunida universitet jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili bilan tabriklandi.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi yutuqlar sari!