![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovida yuqori natija ko‘rsatib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Universitetimiz talabalari Ismoilov Biloliddin Islombek o‘g‘li va Xaydaraliyev Nurbol Adil o‘g‘li hamda universitetimiz xodimi Qodirov Zarif Zafarovich tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Tanlovda vakillarimiz quyidagi innovatsion loyihalarni taqdim etdi:
Robocontest xavfsizlik qurilmasi — xavfsizlik va avtomatlashtirish yo‘nalishidagi zamonaviy yechim;
“Shunqor 8” dron qurilmasi — yuqori texnologiyali va samarali uchuvchisiz uchish apparati;
AgroPhotonics — mevalarning kimyoviy tarkibi va pishish darajasini kontaktsiz aniqlashga mo‘ljallangan intellektual multispektral radioelektron tizim.
Ushbu natija vakillarimizning ilm-fan va texnika sohasidagi izlanishlari, innovatsion yondashuvi hamda muhandislik salohiyatining amaliy ifodasidir.
Final bosqichida ishtirok etgan vakillarimizning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tez orada tanlovning final natijalari e’lon qilinadi. Vakillarimizga yuqori natijalar tilab, ularning kuchli uchlikdan munosib o‘rin egallashlarini kutib qolamiz.
Shuningdek, vakillarimizga tanlovning eng yuqori sovrini — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi bo‘lgan elektromobilni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz!

