TATU Janubiy Koreya OAV lari nigohida

  • Asosiy
  • TATU Janubiy Koreya OAV lari nigohida

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti hamkorlikda O‘zbekiston Biznes IT-ta’lim yo‘nalishi ishlab chiqish maqsadida Sanoat va akademik sohalar o‘rtasida hamkorlik (Business Matching Day) yig‘ilishi o‘tkazildi.

🎓 Ushbu tadbirda Universitet talabalaridan iborat 3ta jamoa o‘z startup loyihalarini taqdim etishdi. Shuningdek, tadbirga yurtimizdagi ilg‘or IT kompaniya vakillari ham faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

“Business matching day"da talabalar ishlab chiqayotgan o‘z startup loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va yuritish bo‘yicha yirik IT kompaniyalari mutaxassislari bilan fikr almashishdi.

Bundan tashqari, TATU, Janubiy Koreya KOOKMIN universiteti va O‘zbekistonning IT sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ta’lim dasturlari va kadrlar tayyorlash bo‘yicha masalalari muhokama qilindi.

📺 Shuningdek, mazkur tadbir Janubiy Koreyaning OAVlarida  ham etirof etildi.