Ziyo Cup turnirida mamlakat bo‘ylab 68 ta OTM jamoalari ishtirok etdi va universitetimiz terma jamoasi musobaqaning har bir bosqichida TATU sharafini ishonchli va munosib himoya qildi. Jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, pley-offda o‘yinning yuqori darajasini ko‘rsatdi va yakuniy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Jamoaning asosiy tarkibi:
Chernyshev Nikita
Lejepekov Aleksandr
Inatov Sardor
Jumanazarov Shoxrux
Kolesnikov Danil
Zaxiradagi o‘yinchilar:
Latipov Dilshodbek
Mansurov Tohir
Yigitlarimiz respublika musobaqasida universitet sharafini munosib namoyish etish va himoya qilish orqali ajoyib o‘yin, strategik fikrlash va ishonchni namoyish etdilar. Jamoani yuqori natijalar bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda ham faqatgina g‘alabalarni tilaymiz!