TATU jamoasi PUBG mobile bo‘yicha OTM’lar o‘rtasida chempion bo‘ldi!!!

  • Asosiy
  • TATU jamoasi PUBG mobile bo‘yicha OTM’lar o‘rtasida chempion bo‘ldi!!!

Kibersportning PUBG Mobile turi bo‘yicha TATU terma jamoasi (TATU TEAM) Respublikamizning davlat va nodavlat oliygohlaridan 200 ga yaqin terma jamoalari o‘rtasidagi sovrin jamg‘armasi 200 mln. so‘mni tashkil qilgan - Gorilla Campus Cup 2025 turnirining final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jamoamiz a’zolari (talabalarimiz):

Nuritdinov Oybek (TAPOKK)
Begmatov Jasur (KUKE) 
Botirov Muxammadali (EZ4BADBOY) 
Isomiddinov Abbos (ABBOSS) 
Aliyev Shohjahon (CHOOSEN) 

Ma’lumot uchun, so‘nggi bir yil ichida TATU ning kibersport jamoalari Mobile Legends, Honor of kings va PUBG mobile turlari bo‘yicha Respublika OTMlar o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib bo‘lishdi. Bu esa Universitetimizda kibersportning rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibordan dalolatdir!