TATU jamoasi — IT Park Code Cup musobaqasi g‘olibi!

  • Asosiy
  • TATU jamoasi — IT Park Code Cup musobaqasi g‘olibi!




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan IT Park Code Cup dasturlash musobaqasida munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa ikki bosqich — onlayn saralash va oflayn final formatida o‘tkazildi. Saralash bosqichida 22 ta jamoa o‘zaro bellashdi va eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta jamoa final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

TATU nomidan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan “Horrible” jamoasi final bosqichiga yo‘llanma olib, yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi.

Final natijalari:

1-o‘rinHorrible jamoasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
2-o‘rinThree Dlnosaurs jamoasi, Yangi O‘zbekiston universiteti;
3-o‘rinAwesome team jamoasi, Toshkent shahridagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filiali.

Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar 2026-yil 20–27-avgust kunlari Ozarbayjonning Boku shahridagi ADA universitetida bo‘lib o‘tadigan “Petrozavodsk Programming Camp in Baku” xalqaro o‘quv-trening yig‘inida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur xalqaro dastur davomida ishtirokchilar algoritmik dasturlash, jamoaviy ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik bo‘yicha tajribali trenerlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Talabalarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va xalqaro maydonda ham ulkan zafarlar tilaymiz!


Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook