Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning TUIT_BlackChain jamoasi “Cyberkent 4.0” musobaqasining Red Team yo‘nalishi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, respublika miqyosidagi TOP-10 kuchli jamoalar qatoridan joy oldi!
Endilikda jamoamiz musobaqaning final bosqichida saralangan 10 ta kuchli jamoa bilan o‘zaro kuch sinashadi.
“CYBERKENT 4.0” Red Team final bosqichi joriy yilning 5–6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Jamoamizga final bosqichida omad va munosib natijalar tilaymiz!
TUIT_BlackChain — final sari!