TATU jamoasi — armrestling bo‘yicha sovrindorlar safida!

  • Asosiy
  • TATU jamoasi — armrestling bo‘yicha sovrindorlar safida!

🏆 TATU jamoasi — armrestling bo‘yicha sovrindorlar safida!

💪 2026-yil 2–4-may kunlari Toshkent shahrida sportning armrestling turi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Hudud chempionati bo‘lib o‘tdi.

💻 Musobaqa davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, turli vazn toifalarida yuqori natijalarni qayd etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

🔥 Jamoamiz sportchilari o‘zlarining jismoniy kuchi, chidamliligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyati bilan maydonda munosib ishtirok etib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qildilar.

👏 G‘olib va sovrindorlarimizni samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!