TАTU - jahon eʼtirofida!

  • Asosiy
  • TАTU - jahon eʼtirofida!

Qo‘shaloq xushxabar!!! G‘alaba!!!!

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tayotgan, Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) tomonidan tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida hozirgina birdaniga ikkita e’tirofga sazovor bo‘ldik, bular:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “King‘s Award for Excellence 2024” taqdirlash ma’rosimida “Texnologik ta’lim” (Technological education) yo‘nalishida Osiyoning eng zo‘r universiteti sifatida qayd etilib, yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi.

Universitetimiz rektori, Iqtisod fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich ushbu “King‘s Award for Excellence 2024”ning “Texnologik tadqiqotlar va ishlanmalar" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

King‘s Award for Excellence dunyo bo‘yicha ta’lim va ijtimoiy sohada yetakchi bo‘lib kelayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatini baholaydigan, faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotning samaradorligiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan liderlarni munosib taqdirlashni maqsad qilgan oliy darajadagi mukofot hisoblanadi.