TATU ishchi guruhi Oqqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

  • Asosiy
  • TATU ishchi guruhi Oqqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet ishchi guruhi Oqqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.