TATU ishchi guruhi navbatdagi professional ta’lim muassasi bilan yaqindan tanishdi.

  • Asosiy
  • TATU ishchi guruhi navbatdagi professional ta’lim muassasi bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet ishchi guruhi Toshkent tuman 2-son politexnikumiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.