


TATU ichki futzal chempionati g‘oliblari va nominatsiya sohiblari taqdirlandi
⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha ichki chempionat yakunlanib, g‘olib jamoalar hamda musobaqa davomida alohida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
☑️ Shaxsiy nominatsiyalar:
♻️ “To‘purar dekan” – Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Kuchkorov Temurbek Ataxonovich;
♻️ “Jonkuyar sardor” – AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li;
♻️ “Darvozabon dekan” – AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti dekani Igamberdiyev Karimberdi Abdullayevich;
♻️ “Jamoa yuragi” – Televizion va media texnologiyalari kafedrasi mudiri Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich (voleybol musobaqasidagi faolligi uchun).
➖ Jamoaviy nominatsiyalar:
🔹 Ahil jamoa – Radio va mobil aloqa;
🔹 Intizomli jamoa – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar sektori;
🔹 Irodali jamoa – AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti;
🔹 Shiddatli jamoa – O‘quv sektori;
🔹 Shijoatli jamoa – Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti;
🔹 Hujumkor jamoa – Kompyuter injiniringi fakulteti;
🔹 G‘alabaga intiluvchan jamoa – Ma’naviyat sektori;
🔹 Eng ishonchli himoya – Dasturiy injiniring fakulteti;
🔹 Keyingi musobaqalarda faollik kutilgan jamoa – Kiberxavfsizlik fakulteti.
🔹 Tarqalib ketgan jamoa – Xalqaro strategik rivojlantirish sektori;
🔹 Kelgusi musobaqalar umidi – Televizion texnologiyalari jamoasi.
🏆 14 ta jamoa ishtirok etgan TATU ichki futzal chempionati yakunlariga ko‘ra:
🥉 3-o‘rin – AKT sohasida Kasb ta’limi jamoasi;
🥈 2-o‘rin – Rektorat jamoasi;
🥇 1-o‘rin va chempionat g‘olibi – Moliya-iqtisod sektori jamoasi.
👏 Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz! Musobaqalarda ishtirok etgan barcha jamoalarga sportga bo‘lgan sadoqati, hamjihatligi va faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz. Yangi mavsumlarda yanada qiziqarli va murosasiz bellashuvlarda uchrashguncha!