Ochiq muloqotda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov sohadagi yangiliklar haqida so‘zlab, yoshlar bugungi yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, asosiy maqsad bilim olish bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va harbiy yo‘nalish o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirilib, bugungi kunda IT ning mazkur sohadagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuvda vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ulari ko‘rsatilgan ibratli voqealar so‘zlab berildi. “Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi jasur ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lish har birimizning burchimizdir”, – deya ta’kidladi general-mayor.
Suhbat davomida kelajagini harbiy sohada ko‘rish istagida bo‘lgan yoshlarga maslahat va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatilib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Yakunda bir guruh iqtidorli talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.