
Kompyuter tizimlari kafedra mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich hamda Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish yetakchi mutaxassisi Nabiyev Saidaxrorxon TATUning xalqaro reytinglardagi yutuqlari haqida “Radiomuloqot” radiokanaliga intervyu berdilar.
Suhbat davomida TATUning soʻnggi yillardagi xalqaro reytinglarda erishgan natijalari va muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi. Universitetning akademik nufuzi ortib borayotgani ayniqsa xalqaro hamkorlik va innovatsion loyihalar bilan uzviy bogʻliq ekani ta’kidlandi.