


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti informatika sohasida ta’lim sifatini yana bir bor xalqaro miqyosda tasdiqladi.
EQANIE — informatika yo‘nalishida ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan Yevropa tarmog‘i hisoblanadi.
Mazkur tashkilot tomonidan beriladigan Euro-Inf sifat belgisi bakalavriat va magistratura dasturlarining Yevropa akademik hamda professional standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
TATUning 4 ta ta’lim dasturi Euro-Inf bilan e’tirof etildi:
“Kompyuter injiniringi”;
“Dasturiy injiniring”;
“Infokommunikatsiya injiniringi”;
“Sun’iy intellekt”.
Euro-Inf sifat belgisi quyidagilarni anglatadi:
Ta’lim dasturlarining Yevropa standartlariga mosligi;
Xalqaro ekspertiza asosida baholanganligi;
Bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligi;
Talabalar mobilligi va diplomlarning o‘zaro tan olinishi imkoniyati.
Ushbu yutuq universitetimizda ta’lim sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va xalqaro integratsiyani kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.