TATU talabalari erishgan xalqaro g‘alaba Markaziy Osiyoning nufuzli texnologik media platformasi Instagram sahifasida yoritildi
🌐 Markaziy Osiyo mamlakatlarida IT, innovatsiyalar, startaplar, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotga oid muhim yangiliklarni yoritib boruvchi The Tech Media media platformasining rasmiy Instagram sahifasida Xitoyning Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition 2026 Global Final musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi erishgan yuksak natijalar haqida material e’lon qilindi.
🏛 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirokidagi O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro maydondagi muvaffaqiyati alohida e’tirof etilgan.