TATU Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingida yuqori natijani qayd etdi

  • Asosiy
  • TATU Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingida yuqori natijani qayd etdi

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2025/regional-ranking#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats) e’lon qilindi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 601+ o‘rinni qayd etdi.

Ushbu reyting har yili Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarini 18 ta indikator asosida tuzilgan quyidagi 5 ta mezonlar asosida baholaydi:

🟢 ilmiy tadqiqot ishlari sifati va samaradorligi;
🟢 ta’lim sifati;
🟢 xalqaro xilma-xillik (talaba va professor-o‘qituvchilarning global miqyosdagi faolligi);
🟢 ilmiy maqolalar iqtibosligi;
🟢 sanoat bilan hamkorlikdan olingan daromad (ya’ni bilimlar almashinuvi va innovatsion faoliyat).

Shu orqali reyting nafaqat universitetlarning ilmiy salohiyatini, balki ularning mintaqaviy va global darajadagi ta’sir kuchini ham namoyon etadi.