Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Toshtemir Xo‘jaqulov, joriy yilning iyul oyida Oracle kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro vebinarda ishtirok etib, hozirgi kunda IT yo‘nalishida bo‘layotgan yangiliklar, yangi dasturiy mahsulotlar, bulutli texnologiyalaridan foydalanish va boshqa dasturiy mahsulotlar haqidagi ma’ruzalarga bag‘ishlangan Xalqaro "Safeguarding your data just got a whole lot easier and faster" konferensiyasida qatnashdi.
Konferensiya doirasida TATU vakili Oracle kompaniyasi vakillari bilan ham mavzu yuzasidan, ikki tomonlama hamkorlik qilishga kelishildi.
Konferensiyada Oracle va xalqaro IT kompaniyalari vakillari ishtirok etib, o‘z dasturiy mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Quvonarli holat shundaki, aynan xalqaro vebinarda jahonda IT – kompaniyalarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham tanishtirib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, «Oracle» — AQShning dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha «Microsoft»dan keyingi 2-o‘rinda turadigan yirik kompaniyasi bo‘lib, kompaniya qoshida Oracle Academy o‘z faoliyatini olib boradi. Akademiyada dunyoning 120 mamlakatida 12 million nafardan ortiq talaba ta’lim oladi. Bugungi kunda TATUda Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan «Oracle Academy»si o‘z faoliyatini olib bormoqda.
“TUIT Oracle Academy” faoliyati bilan qiziqqan talaba va professor o‘qituvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida TATU dotsenti Toshtemir Xo‘jaqulov tomonidan Oracle Academy TUIT (https://t.me/OracleAcademy) telegram kanali ishga tushirilgan bo‘lib, unda faoliyatga doir yangiliklar va ma’umlotlar o‘z aksini topmoqda.
TATU matbuot-xizmati