TATU dotsenti tomonidan virtual reallikda darslar tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATU dotsenti tomonidan virtual reallikda darslar tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion texnologiyalar fakulteti , fizika kafedrasi dotsenti Vohid Hamidov tomonidan Mamlakatimizda ilk bor "Fizika" fanidan virtual reallikda onlayn dars tashkil etildi.

Vohid Hamidov tomonidan tashkil etilgan virtual darsda "Fizika II" kursi ikkinchi semestrda o‘qiladi va to‘rt qismdan iborat: tebranish va to‘lqinlar, optika, kvant mexanikasi asoslari, qattiq jism fizikasi, atom va yadro fizikasi.

Tebranish va to‘lqinlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tebranma harakatlar, to‘lqin hodisalari, elektromagnit to‘lqinlar;

Optika quyidagilarni o‘z ichiga oladi: to‘lqin optikasi, radiatsiya kvant tabiati;

Kvant mexanikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kvant mexanikasi asoslari, qattiq jism fizikasi, to‘lqin hodisalari;

Atom va yadro fizikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: atom va yadro tuzilishi, ularning o‘lchamlari, kvant soni, Pauli printsipi, atom spektrlari, aloqa energiyasi, yadro.

Kurs davomiyligi 10 hafta bo‘lib, 18 apreldan 27 iyungacha bo‘lishi rejalashtirilgan.

Virtual auditoriyada talabalar dars boshlanishidan 30 daqiqa oldin ochiladi.

Virtual darsxonaga ushbu havola orqali tashrif buyurishingiz hamda virtual darslarda qatnashishingiz mumkin.

Qadrli talabalar! Uyda qoling va virtual darslarda qatnashib, o‘z bilimlaringizni oshiring.

TATU matbuot xizmati