TATU doktoranti Germaniyaning nufuzli DAAD stipendiyasi sohibi bo‘ldi!

  • Asosiy
  • TATU doktoranti Germaniyaning nufuzli DAAD stipendiyasi sohibi bo‘ldi!

TATU doktoranti Germaniyaning nufuzli DAAD stipendiyasi sohibi bo‘ldi!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi tayanch doktoranti Babajanov Boburbek Farhodovich Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli DAAD (German Academic Exchange Service) stipendiyasini qo‘lga kiritdi!

🎓 Doktorantimiz “Doctoral Programmes in Germany, 2026/27” dasturi doirasida Germaniyaning Carl von Ossietzky nomidagi Oldenburg universitetida doktorlik tadqiqotlarini olib borish uchun 100 foizlik grant sohibiga aylandi.

🌐 Ta’kidlash joizki, TATU va Oldenburg universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Universitetimiz bitiruvchisi Boburbek Babajanov ham mazkur oliy ta’lim muassasasida dasturiy injiniring yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik tadqiqotlarini olib borish uchun nomzod hisoblanadi.

👏 Doktorantimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va ilmiy izlanishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!