✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Buriboyev Abror Shavkatovich Janubiy Koreyaning Konkuk universitetining “Intelligent Robotics and Autonomous System Control Lab – IRASC” ilmiy tadqiqot laboratoriyasida 2024-yilda 6 oy muddatga ilmiy stajirovka grantini qo‘lga kiritdi.
💸 Grant miqdori 16200 AQSh dollari bo‘lib, tadqiqot natijalarini chop etish, oylik maosh, aviachipta, sug‘urta va yashash harajatlari bilan bog‘liq barcha harajatlarni to‘liq qoplaydi.
🗒 Ushbu dasturga binoan, tadqiqotchi tomonidan Konkuk universiteti “Intelligent Robotics and Autonomous System Control Lab – IRASC” laboratoriyasida robototexnika, Robot operatsion tizimida dasturlash (ROS), SLAM (Simultaneous Localization and Mapping), Reinforcement learning, Deep Learning, Autonomous Path planing yo‘nalishini o‘rganish orqali avtonom mobil robotlar uchun yo‘l rejalashtirishning sun’iy intellektga asoslangan algoritmlarini ishlab chiqishga oid bilimlarni egallash va LIDAR sensorli avtonom robotlar ustida eksperimental tajribalar o‘tkazish, egallagan bilim va ko‘nikmalarini O‘zbekistonda joriy qilish belgilangan.