


TATU delegatsiyasining xalqaro hamkorlik doirasidagi tashrifi
🗓19-mart sanasida universitetimiz mas’ullari — o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor K.Tashev, Kompyuter injiniringi fakulteti dekani T.Kuchkorov hamda Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K.Abdurashidovaning Buyuk Britaniyaning Ulster University ga tashrifi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda “Hisoblash, muhandislik va intellektual tizimlar” fakulteti vakillari — Dr. Bryan Gardiner, Dr. Saugat Bhattacharyya va Dr. Faisal Jamil ishtirok etdilar.
📚 Muzokaralar davomida:
• universitetdagi mavjud ta’lim dasturlari;
• ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari;
• fakultet olimlarining ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishildi va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
📊 Ma’lumot uchun, Ulster University xalqaro QS va THE reytinglari bo‘yicha jahonning TOP-600 talik oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan.
🚫 Mazkur tashrif xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.