TATU delegatsiyasi Yaponiyada o‘tkazilayotgan “EXPO-2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi!

  • Asosiy
  • TATU delegatsiyasi Yaponiyada o‘tkazilayotgan “EXPO-2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi!

Yaponiyaning Osaka shahrida har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “EXPO-2025” butunjahon ko‘rgazmasi jadal davom etmoqda. Ushbu nufuzli tadbir “Hayotimiz uchun kelajak jamiyatlarini loyihalash” shiori ostida o‘tmoqda va unda 170 dan ortiq davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z pavilyoni bilan ishtirok etmoqda.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) delegatsiyasi mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, ilg‘or texnologiyalar —
⏺ “Kelajak jamiyati”,
⏺ “Sog‘liqni saqlash texnologiyalari”,
⏺ “Aqlli shaharlar”,
⏺ “Yashil energetika”,
⏺ “Robototexnika” va ekologik ishlab chiqarish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

🇯🇵Safar davomida Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, xorijiy olim va mutaxassislar bilan tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.


Ushbu tashrif TATU faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.