TATU delegatsiyasi Xitoydagi nufuzli xalqaro dasturda ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • TATU delegatsiyasi Xitoydagi nufuzli xalqaro dasturda ishtirok etmoqda



Joriy yilning 1–15-avgust kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti delegatsiyasi Xitoyning Huazhong University of Science and Technology (HUST) universitetida tashkil etilgan HUST Global Summer School – 2026: China–Central Asia Advanced Computing Training Program dasturida ishtirok etmoqda.

Delegatsiya tarkibidan fakultet dekani H. Madaminov, Ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi mudiri I. Narzullayev, Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri N. Axmedov, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri M. Abdujapparova hamda professor-o‘qituvchilar o‘rin olgan.

Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish va tajriba almashish ishlari olib borilmoqda:
High-Performance Computing (HPC);
Artificial Intelligence (AI);
Quantum Computing (QC);
Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari.

Mazkur dastur Markaziy Osiyo universitetlari bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.



Ma’lumot uchun:
Huazhong University of Science and Technology (HUST) dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, xalqaro reytinglarda quyidagi o‘rinlarni egallagan:
QS World University Rankings — 307-o‘rin
QS Asia University Rankings — 74-o‘rin
QS Subject Rankings — 51–100
Times Higher Education (THE) World University Rankings — 176-o‘rin