TATU delegatsiyasi Tailandning Walailak universitetiga tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATU delegatsiyasi Tailandning Walailak universitetiga tashrif buyurdi.

💬 Mazkur tashrifda TATU rahbariyati va Walailak universitetini prezidenti Dr.Prof. Sombat Thomrongthanyawonglar ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

➡️ Uchrashuvda Walailak universitetining Dasturiy injiniring va Informatika fakultetlari dekanlari hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar namoyish etilib, hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi. Jumladan, professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari uchun "Internship=scientific paper" mexanizimi asosida, hodimlar va talabalar o‘rtasida professorlar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun amaliyot tashkil etish, ilmiy-amaliy konferensiyalarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik loyihasi (partnership project ) ishlab chiqishga kelishildi.

🗒 Ma’lumot uchun: Walailak universiteti o‘zining tadqiqot faoliyati va biotexnologiya, atrof-muhit fanlari va qayta tiklanadigan energiya kabi turli yo‘nalishlarga qaratilgan tadqiqot markazlari bilan mashhur fan, texnologiya va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan keng qamrovli davlat universiteti hisoblanadi.