


TATU delegatsiyasi Madrid Politexnika universitetiga tashrif buyurdi
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Madrid Politexnika universitetiga (Universidad Politécnica de Madrid) tashrif buyurdi.
Tashrif Madrid Politexnika universiteti rektori Óscar García Suárez bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar davomida ikki universitet o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalari, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: TATU va UPM o‘rtasida 2019-yildan buyon ERASMUS+ dasturi doirasida 3 ta hamkorlik loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda va yana 2 ta loyiha boshlanishi kutilmoqda. UPM universiteti QS 2026 dunyo universitetlar reytingida 334-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, delegatsiya universitetning Telekommunikatsiya tizimlari va muhandisligi instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati tomonidan zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va innovatsion loyihalar taqdim etildi.